BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1058
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
Bo'lsaydi chora
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 21.07.2018, 16:38 Ko'rildi: 28 Fikrlar: 0
Bu dunyo ishlariga topolmay chora,
Vujudim bòladi har kun ming pora,
Kònglimni bunchalar ezmasa zora,
Qaniydi qòlimda bòlsaydi chora,
Qalbimni gumonlarga yedirarmidim.

Bilaman almashar barcha tuģyonlar,
Bir kun kelib almashar hamma insonlar,
Almashadi balkim shunda zamonlar,
Qaniydi qòlimda bòlsaydi chora,
Qalbimni gumonlarga yedirarmidim.

Dunyoning ishlari qiziqda qarang,
Insonlar yashashib yuribdi arang,
Hammaning asabi bunchalar tarang,
Qaniydi qòlimda bòlsaydi chora,
Qalblarni gumonlarga yedirarmidim.

Zamon zamon deymiz xayotga qarab,
Umrimiz ketmoqda qabrga taraf,
Dilimizda tomir otib qandaydur araf,
Qaniydi qòlimda bòlsaydi chora,
Qalbimni gumonlarga yedirarmidim.

Kòrdim men ham ancha dunyo ishlarin,
Erta tongda aytib suvga tushlarim,
Ex zora qaytib kelsa mening hushlarim,
Qaniydi qòlimda bòlsaydi chora,
Qalbimni gumonlarga yedirarmidim.

Rahim qilmas insonga hayot ne zora,
Kòzlaganim bòldi bevafo yora,
Bu yurak ortidan kuydi bechora,
Qaniydi qòlimda bòlsaydi zora,
Qalbimni gumonlarga yedirarmidim.

Muallif:Sadirdinov Ròzimuhammad.
Andijon viloyati Buloqboshi tumani.
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi