BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1058
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Onajonim
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 21.07.2018, 16:24 Ko'rildi: 29 Fikrlar: 0
Onajonim yuzlaridan nurlar yoģib turardi,
Bosgan har bir izlaridan gullar unib yurardi,
Xato qilsam koyimayin asta kulib qòyardi,
Diydoringiz bòldi armon onjonim-onajon.

Maģsharlarga qoldimu diydoringiz onlari,
Soģinib men yiģlayman sizni har kun tonglari,
Kòrolmasman soģinsamda sizni men oqshomlari,
Diydoringiz bòldi armon onajonim-onajon.

Ovunaymi devordagi rasmingizga termulib,
Suratlarda qolib ketdi jamolingiz onajon,
Izlayin ayting qaydan qumsasam gar hidlaringiz,
Diydorizku bòldi armon onajonim-onajon.

Farzand bòlib baģringizda xizmatingiz qilolmadim,
Yoningizga borib bir zum holingizni sòrolmadim,
Issiq non olib borib sizga yedirolmadim,
Diydoringiz bòldi armon onajonim-onajon,

Taqdir ekan netayin onasizlik boshimda,
Ğam chekib ulģaymoqlik yoshlikdan shu yoshimda,
Qaro tunlar yiğlayman ròmollaringiz hidlab,
Bòldi armon diydoringiz onajonim-onajon.

Muallif: Sadirdinov Ròzimuhammad.
Andijon viloyati Buloqboshi tumani.
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi