BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1075
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Ramazonning ilk kuni
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 15.12.2018, 06:04 Ko'rildi: 195 Fikrlar: 0
— Oyijon, men, albatta, bu yil ro`za tutaman, – dedi. Jamol o`z onasiga Ramazondan bir kun oldin.

— Sen endigina 6 ga to`lding-ku, vaqtli emasmi?! – dedi onasi.

— Muhammad ro`za tutadi-ku, – tinchlanmadi Jamol.
— Ha, lekin u 10 yosh, – javob berdi onasi.
— Fotima ham.. – deb xafa bo`ldi Jamol.
— Fotima 8 yosh, lekin u ham to`liq bir oy ro`za tutmaydi. Jamol juda xafa bo`ldi.

— Ro`za tutish sen o`ylaganingdek oson emas, – dedi onasi.
— Sen eyishing, ichishing, qo`pol so`zlarni gapirishing va yomon ishlarni qilishing mumkin emas.
— Men uddalay olaman. Iltimos, menga ruxsat bering.
— Yaxshi, – bu safar rozi bo`ldi onasi, – lekin bir kun – bu juda uzoq. Agar charchasang ovqatlanishing mumkin.

— Men charchamayman, – o`ziga ishonch bilan javob berdi Jamol.
Jamolning onasi tabassum qilib: «Sen ro`za tutishni xohlayotganingdan men juda xursandman. Bu – juda yaxshi ish.Alloh nomi bilan ro`za tutishing uchun hammasidan oldin niyat qil», dedi.

Kechki taomdan so`ng barchamiz masjidga ketdik. U erda odam juda ko`p edi. Xufton namozidan so`ng Jamol o`zining charchaganini sezdi. U uxlashni xohladi. Ko`zlari yumilib ketardi. Lekin u ota-onasidan birga olib ketishlarini o`zi so`radi. «Orqaga qayt va biroz damingni ol – maslahat berdi otasi, – biz hozir taroveh namozini o`qiymiz, sen esa damingni olib tur..»

Jamol orqaga qaytib ozgina yotdi-da, tezda uxlab qoldi. Namozdan so`ng otasi o`g`lini oldiga kelib: «O`g`lim, turaqol», – deb o`g`lini uyg`otishga urinib ko`rdi. Lekin Jamol qimirlamadi. U shunday charchagan ediki, qaerda ekanligini anglolmadi. «Biz ro`za tutishni boshlayapmizmi?» deb so`radi. Otasi kulib: «Sen uyda emas, masjiddasan. Yur uyga ketamiz», dedi. Yo`lda Jamol mashinada uxlab qoldi. Fotima va Muhammad ham. Ko`p o`tmay ular o`z joylarida uxlab yotishgan edi.

Erta tongda otasi ularni uyg`otdi. Jamol qimirlamadi, uning ko`zlari ochilmasdi. Tush aralash otasidan so`radi:«Biz hozir uyga ketyapmizmi?»
«Yo`q, – kulib javob berdi otasi, – sen masjidda emas, o`z o`rningdasan». Jamol xohlamasdan ko`zini ochdi va o`rnidan turib ketdi: «Bugun men ro`za tutishim kerak edi».

«Ha,–dedi otasi,– sen hozir ovqatlanishing kerak. Biz hozir nonushta qilamiz. Hozir qorong`u, bunday erta nonushta qilish saharlik deyiladi. Tezroq bo`laqol».
Oshxonada barcha oila a`zolari jamlandi. Oyna orti hali ham qorong`u edi. «Hozir ovqatlanamiz, quyosh chiqishidan oldin eyishni to`xtatib quyosh botguniga qadar hech narsa emaymiz» – dedi onasi.
— Lekin men hozir eyishni xohlamayman, – e`tiroz bildirdi Jamol
— Sen eyishing kerak, – dedi otasi, – kun uzoq..
— Agar xohlamasang, ko`p ema, – deb maslahat berdi Muhammad.
— Yaxshisi, ko`proq sut ich, bu seni ro`za tutishingga yordam beradi, – qo`shimcha qildi Fotima.
Jamol yaqinlarini maslahatiga amal qildi. U hamma uning uchun kuyunayotganini his qildi.

Bomdodni o`qib bo`lgach, bolalar yotishdi. Jamol tezda uxlab qoldi.
— Uyg`on, tong otdi, maktabga borishing kerak,– deb uyg`otdi onasi. Jamol qimirlamadi. Uning ko`zlari ochilmadi.
U shunday charchagan ediki, hatto atrofida nima bo`layotganini tushuna olmayotgan edi. «Biz hozir ovqatlanamizmi?» – deb so`radi u yotgan holida.

— Turaqol, – takrorladi onasi, – men sening kiyinishingga yordam beraman.

Jamol akasi hamda opasi bilan maktabga bordi. Qo`ng`iroq chalingunga qadar barcha o`z sinfxonalariga kirib ketdi.

Sinfda Jamolning muallimasi Zaynab bint Sa`dulloh: «Bugun Ramazonning birinchi kuni, sizlardan biror kim ro`za tutdimi?» deb so`radi. Beshta bola qo`lini ko`tardi.
«Men sizlarga yordam beraman, – dedi muallimasi, – men sizlarning charchab qolishingizni xohlamayman. Tushlik vaqti bo`lganda sinfda qolib keyingi darsgacha dam olishingiz mumkin».

Kunning birinchi yarmi sezilmasdan o`tib ketdi. Mana katta tanaffus ham boshlandi. Muallima bolalarni sinfda qoldirib chiroqni o`chirdi. Jamol tezda uxlab qoldi. Tushida u turli xil ovqatlarni ko`rdi: uchar muzqaymoqlar, shokoladli tortlar, xotdog, pizza, sendvichlar… U yana shirinliklar tog`i, sutli kokteyldan bo`lgan anhorni ko`rdi. Jamol u erga kalla tashlamoqchi edi, lekin birdan to`xtadi. «Men ro`za tutyapman-ku.. Sutli kokteyl ham ichmayman, sendvich, muzqaymoq va boshqasini ham emayman! Men butun kun uchun ro`za tutaman», – dedi.
Jamol tushida o`zini juda kuchli hamda ulg`aygandek his qildi.

«Uyg`on», – deb uyg`otdi muallima.
Jamol harakatlanmadi. Uning ko`zlari ochilmasdi. U shunday charchagandiki, hatto qaerdaligini ham bilolmasdi.«Biz hozir masjidga boramizmi?» – deb so`radi.
Muallima kulib qo`ydi. «Sen hozir maktabdasan va hozir dars boshlanadi», – dedi. Oxirgi darslar shunday cho`zildiki go`yo butun umr o`tganday. Jamol soatiga tez-tez qarab turdi..

… Uyda onajonisi:«Charchaganga o`xshaysan. Oz qoldi, o`g`lim, quyosh botgandan so`ng iftorlik qilamiz» – dedi.
Jamol oyna oldiga kelib quyoshga qaradi. Quyosh qimirlayaptimi? Yo`q, qimirlayotganga o`xshamaydi. U hozir ovqat eyishni xohlardi. Lekin u kutdi. U Alloh roziligi uchun ro`za tutgandi!
«Turaqol» – otasining ovozi eshtildi.

Jamol qimirlamadi. Uning ko`zlari ochilmasdi. U shunday charchagandiki, hatto qaerdaligini ham bilolmasdi. «Hozir dars boshlanadimi?– deb so`radi.
Otasi kulib javob berdi: «Sen maktabda emassan. Iftorlik vaqti bo`ldi, og`iz ochamiz. Tezroq bo`laqol».

Jamol sakrab o`rnidan turib ketdi. «Men butun kun sabr qildim!» dedi u.
Stol bezatilgan edi. Quyosh botdi. Azon jaranglayotgan edi.
«Hozir og`iz ochamiz, – dedi onasi, – avval bir nechta xurmo eb, ozgina suv ichamiz. Keyin namoz o`qib, so`ng ovqatlanamiz».

Ular iftorlikdan oldin duo o`qishdi:
«Allohumma laka sumtu va bika amantu va alayka tavakkaltu va ala rizqika aftartu».

Xurmo juda shirin edi. Suv ham o`zgacha ta`mga ega edi. Jamol o`zini juda baxtli sezdi. Ota-onasi uni quchoqlab, erkaladilar.
— Sen bugun juda muhim ishni bajarding. Sen butun kun ro`za tutding, – dedi otasi.
— Ro`zang qanday o`tdi? Sen ko`p uxlab qolding, menimcha, juda charchagandirsan? – deb so`radi onasi.
— Yo`q, hech ham charchamadim. Men ro`za tutishda davom etaman, – deb faxr bilan javob berdiJamol.
Bo'lim: Hikoyalar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi