BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Samodova Nilufar - YAXSHILIK!
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 23.05.2018, 20:02 Ko'rildi: 10 Fikrlar: 0
O'zgalarga ulashay mexr,
To tirikman qilay yaxshilik!
Yaxshi bo'lish baxtmasmi axir?
Yaxshilikka, qaytmas yaxshilik!

Yaqinim deb qo'l berdim mudom,
Maqtadilar "mexribonim" deb!
Mehrim toshdi go'yoki ummon,
Dilimga nur bergandayin zeb!

Lek lol qoldim qaytar dunyoda,
Yaxshilikka qaytmas yaxshilik.
Yordam berdim haddan ziyoda,
Lek nodonlar bilmas yaxshilik...

U qildiyu gunohi azim,
Men nobakor, zinokor bo'ldim.
Aytmoqlikka qildimu jazm,
Ham yolg'onchi gunohkor bo'ldim...

U aytmadi "Bu yaqin do'stim,
Meni debon tuxmatga qoldi.
Bas aytayin bor haqiqatni,
Yolg'onlarga u ham ko'p toldi...

Birin dedim "sen sodda singlim,
Izimdan yur g'amdan asrayin.
U g'amlarga irqitib ketdi,
Men dardimni kimga aytayin!?

Biri edi mening maxbubim!
Ishq bog'iga yetaklar edi.
Tuxmat toshdan poradir dilim,
Eshitganim ertaklar edi...

Biri edi yaqin dugonam,
Do'stligimni yolg'onga sotdi.
Sotib bilmam nima olganin,
Lekin unda vijdon yo'q edi...

Biri dedi "oshiqman butkul,
Chiroyingiz mast aylamoqda!"
Dedim "bordir kutayotganim"_
Alam bilan, nafratlanmoqda...

Biri edi jonu jigarim,
Yuragimda o'rni bor edi.
Degan edim gul ko'ngli yarim,
Yuragimni sindirib ketdi...

E, vox, dardim ko'pdir va lekin,
Yozay desam ojiz qalamim!
Endi barcha odamdan sekin,
Uzoqlashib olay alamim...

Endi bilsin ular qadrimni!
Alam ila afsus qilishsin
Yomonlarga qolganda kuni,
Yaxshilikni qadrin bilishsin.

Samodova Nilufar
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi