BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1085
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Zohid Fayz sherlari (Arz qilaman yig'lab xudoga)
Reyting:
Qo'shdi: ZohidFayz Sana: 19.06.2019, 20:33 Ko'rildi: 19 Fikrlar: 0
Dard yugurdi ko'ngil bog'larga
Qalb boylanib bevafolarga
Bandalari unitguvchikan
Arz qilaman yig'lab xudoga

Xasratlarim tog'dur ustma-ust
Yuraklarim tashlabvordi po'st
Kechib ketti qancha yor-u do'st
Arz qilaman yig'lab xudoga

Qadamimda nomim qora ot
G'iybatlardan deyman ex voydod
Topolmadim yuragi bor zot
Arz qilaman yig'lab xudoga

Xiyonatlar kelar ketma-ket
Kuyganlarim kuymadi men deb
Aybim nima edi xayot ayt
Arz qilaman yig'lab xudoga

Qurib yotgan ko'lman ey do'stlar
Tugayotgan yo'lman ey do'stlar
So'layotgan gulman ey do'stlar
Arz qilaman yig'lab xudoga

Boyga uchib ketti ilk sevgim
Ko'kragimni zaxlarga bergum
Og'riyapti manabu yerim
Arz qilaman yig'lab xudoga

Yolg'on chiqdi do'st vadalari
Jondan o'tdi yor zadalari
Yolg'on ekan paymonalari
Arz qilaman yig'lab xudoga

Charchadim men tig' jafolardan
Soxta to'stu bedavolardan
Kuydim do'stlar bevafolardan
Arz qilaman yig'lab xudoga

Yuragimda singan bardoshim
Toshga to'la qo'l urgan oshim
Ko'zlarimda qotti ko'zyoshim
Arz qilaman yig'lab xudoga

Dard yugurdi ko'ngil bog'larga

Muallif ©Zohid Fayz
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2019 ShouMp3.NeT 2019 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi