BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1085
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Zohid Fayz sherlari (Kecholmayapman)
Reyting:
Qo'shdi: ZohidFayz Sana: 19.06.2019, 20:33 Ko'rildi: 27 Fikrlar: 0
(Dilraboga)

Eskirdi ox ishqim choponi
Lek egnimdan yecholmayapman
Kechvordim men butun olamdan
Biroq sendan kecholmayapman

Shamollarga qorishdi xislar
Dildan o'chdi alamli izlar
Meni desa xam qancha qizlar
Biroq sendan kecholmayapman

Telbaligim ayon begumon
Sog'inch dardi ekan-ku yomon
To'ying bo'ldi, afsuski xamon
Biroq sendan kecholmayapman

Men oshiqni ezib qo'ydi g'am
Kimga alam ox menga alam
Meni bir bor eslamasang xam
Biroq sendan kecholmayapman

Dedim endi uni unutdim
Armolarning qo'lidan tutdim
Necha bora qayta urindim
Biroq sendan kecholmayapman

Duchor qilib azob unlarga
Zulmat kecha xarob kunlarga
Qo'shib qo'yding meni TULLARga
Biroq sendan kecholmayapman

Taqdir ekan misoli tilsim
Aqlim yetmas yecholmayapman
Sevgimizdan kechdim men ammo
Biroq sendan kecholmayapman

Muallif Зохид Файз
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2019 ShouMp3.NeT 2019 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi