BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1085
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Zohid Fayz sherlari (Meni qabul qil Adabiyot)
Reyting:
Qo'shdi: ZohidFayz Sana: 19.06.2019, 20:33 Ko'rildi: 23 Fikrlar: 0
Yo'lga chiqdim qaytmoqlik isnod
Kimligimni etayin isbot
Ortimdan bir iz qoldirayin
Meni qabul qil Adabiyot

Yozganlarim bari ro'yu rost
Sherlarim xam dardlarimga mos
O'tinaman sendan iltimos
Meni qabul qil Adabiyot

Xar baytim tug'ular dardda
Xar baytim kuyar xasratda
Sendan juda umidim katta
Meni qabul qil Adabiyot

Ijod qilay charchamay-tolmay
Yuragimga yomonlik solmay
El ichida kulguga qolmay
Meni qabul qil Adabiyot

Muxabbatda kuygan dilman men
Tugab qolgan so'qmoq, yo'lman men
O'zi o'ksik yarim dilman men
Meni qabul qil Adabiyot

Kechay deyman mexnat soyingdan
Qo'nim topay roxat joyingdan
O'tay deyman imtixoningdan
Meni qabul qil Adabiyot

Sig'dirgansan shuncha shoirni
Ko'kragimdan itarma meni
Onam axir istaydi shuni
Meni qabul qil Adabiyot

Yo'lga chiqdim qaytmoqlik isnod

©Zohid Fayz
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2019 ShouMp3.NeT 2019 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi