BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1085
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Zohid Fayz sherlari (O'z xolimga qo'ying)
Reyting:
Qo'shdi: ZohidFayz Sana: 19.06.2019, 20:32 Ko'rildi: 29 Fikrlar: 0
Bazan sizga xayron qolaman
Turfa taqdir turfa olamlar
Sizga nima xayot meniki
O'z xolimga qo'ying odamlar

O'zi tog'dek yetar tashvishim
O'zimga, xos yurish-turishim
Sizga nima qancha topishim
O'z xolimga qo'ying odamlar

Ko'z yoshlarim ko'zimdan sizib
Xar qadamda yursam ezilib
Na qilasiz yana osilib
O'z xolimga qo'ying odamlar

Nega yolg'on to'qib so'zlaysiz
Men ko'zlagan oyni ko'zlaysiz
O'zingizni qachon o'ylaysiz
O'z xolimga qo'ying odamlar

Gaplaringiz qalbimni tirnar
G'iybatlardan dilim zirqirar
Men bilmayman qanchasiz sizlar
O'z xolimga qo'ying odamlar

Oilamga pas nigox nazar
Garchi sizga bo'lsam bezarar
Bilib-bilmay berasiz ozor
O'z xolimga qo'ying odamlar

Siz tufayli ex kulganim yo'q
Baxt neligin xis qilganim yo'q
Arpangizni xom o'rganim yo'q
O'z xolimga qo'ying odamlar

Bazan sizga xayron qolaman
Turfa taqdir turfa olamlar
Sizga nima xayot meniki
O'z xolimga qo'ying odamlar

Muallif ©Zohid Fayz
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2019 ShouMp3.NeT 2019 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi