BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1087
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Zohid Fayz sherlari (Qizlarini uzatgan ota)
Reyting:
Qo'shdi: ZohidFayz Sana: 17.10.2019, 21:30 Ko'rildi: 9 Fikrlar: 0
Poloponlar uchdi chirqirab
O'z uyiga kuzatgan ota
Ko'zlaridan yoshini artib
Qizlarini uzatgan ota

Ko'ngli nozik xattoki xasdan
Sog'inadi uch kun o'tmasdan
Bo'yi yetsa berkitolmasdan
Qizlarini uzatgan ota

Izlaridan ko'z uzolmaydi
Na bir og'iz so'z deyolmaydi
Osonlikcha ko'nikolmaydi
Qizlarini uzatgan ota

Mayus qolar jim ostonada
Xoli qolmas jismi tanada
Yig'lab-yig'lab olar panada
Qizlarini uzatgan ota

Qiz qismati shu ekan netay
Yelkangizga yelkamni qaday
Ayting sizni qanday ovutay
Qizlarini uzatgan ota

©Zohid Fayz

02 oktyabr 2019
Soat tungi 23:10
Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2019 ShouMp3.NeT 2019 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi