BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1084
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0
Zohid Fayz Sherlari (Sizni nega sevar ekanman)
Reyting:
Qo'shdi: ZohidFayz Sana: 21.05.2019, 18:42 Ko'rildi: 7 Fikrlar: 0
#Sizni_nega_sevar_ekanman?

Oddiy inson malikamassiz
Bir savolla xayol titarman
Unchalik xam chiroylimassiz
Sizni nega sevar ekanman?

Siz kulsangiz kuladi borliq
Siz kuysangiz kuyadi borliq
Siz so'raysiz menga xam qiziq
Sizni nega sevar ekanman?

Shu makkora ko'zlaringizni
Ensa qotar yuzlaringizni
Bari yolg'on so'zlaringizni
Sizni nega sevar ekanman?

Tig' urasiz yuraklarimga
Dard uyasiz kuraklarimga
Shuncha azob kammidi menga
Sizni nega sevar ekanman?

Xusningizga ko'p xaridorlar
Olib ketti sizni yor-yorlar
Xamon qiynar meni savollar
Sizni nega sevar ekanman?

Endi uzur demang cho'kib tiz
Soxta yurak siz soxta qalbsiz
Muxabbatga yolchimadik biz
Sizni nega sevar ekanman?

Ayting bundan ortiq ne deyin
Xiyonat bu xaqorat dayin
Qanday sizdan nafratlanmayin
Sizni xamon sevar ekanman?

Muallif ©Zohid Fayz

Bo'lim: She'rlar
Izoh qoldirish
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2019 ShouMp3.NeT 2019 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi