BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Sevara Nazarhon - Ulug'imsan Vatanim (Minus)
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 23.05.2018, 20:09 Ko'rildi: 60 Fikrlar: 1
Ijrochi: Sevara Nazarhon
Qo'shiq nomi: Ulug'imsan Vatanim (Minus)
Sifati: 128Kbs, Joint Stereo
Davomiyligi: 05:30
Ko'chirib olish



Bo'lim: Minusofkalar, S
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 1
#1 | farab yozdi: 06.05.2018, 14:19
evara Nazarxon-Ulug'imsan Vatanim |Qo'shiq matni ✍️

Men dunyoni nima qildim,
O’zing yorug’ jahonim,
O’zimga bek, o’zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim.

Yolg’izim, yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O’zing mening ulug’lardan
Ulug’imsan Vatanim.

Sen Xo’jandsan, chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan.

Muqannasan qorachig’i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko’rgan cho’pon
Cho’lig’imsan, Vatanim.

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, onammi,
Ilig’imsan, Vatanim, o’zingsan.

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim o’zingsan,
Ota desam, qizim deb,
Bosh egib turgan o’zing,
Ulug’imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Kurdistonda,
Boburing – Hindistonda.

Bu qanday yuz qarolig’ deb,
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to’qson olti
Urug’imsan, Vatanim.

Qizim desang osmonlarga
G’irot bo’lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Qayliq bo’lib tushgayman.

Padarkushdan pana qilib,
Ulug’beging quchgayman,
G’ichir-g’ichir tishimdagi
So’lig’imsan, Vatanim.

Shodon kunim gul otgan sen,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga,
Singlim deymi, onammi,
Ilig’imsan, Vatanim, o’zingsan.
Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim o’zingsan,
Ota desam, qizim deb,
Bosh egib turgan o’zing,
Ulug’imsan, Vatanim. (x2)

Ulug’imsan...
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi