BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1075
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
“Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp rolini ijro etgan Chag`otoy Ulusoy va Turkiyaning yana ikki mashhur san`atkori qamaldi
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 15.12.2018, 06:02 Ko'rildi: 204 Fikrlar: 0
“Ichkarida” seriali bosh qahramoni Sarp rolini ijro etgan Chag`otoy Ulusoy ustidan sud hukmi o`qildi.Bu haqida qalampir.uz sayti, “Haber7” nashri bergan ma`lumotlarga asoslanib yozmoqda.

Gap shundaki, Chag`otoy Ulusoy bir necha yillardan beri “qora dori” biznesi bilan shug`ullanib kelgan. U bilan birga Turkiyaning yana ikki nafar taniqli shaxslari - Gizem Karaja va Jenk Erenga nisbatan ham qora ishlariga munosib jazo tayinlandi.

Har uch san`atkor Turkiya Jinoyat kodeksining “giyohvand modda savdosi bilan shug`ullanganligi uchun” moddasi bilan aybdor deb topildi.

Unga ko`ra, “Ichkarida” o`z kasbini o`zgartirib, jamiyatni qora kuchlardan tozalash uchun jonini fido qilishga ham tayyor Sarpni ijro etgan Chag`otoy Ulusoy bir necha yillardan beri “qora dori” biznesini yuritib kelayotganligi aniqlangan. Unga sud 4 yilu 2 oy qamoq jazosi tayinladi.

“Muhtasham yuz yil” va “Sevgi iztirobi” serialllari orqali o`zbek tomoshabinlariga tanish Gizem Karaja ham xuddi shu biznes turini “gullatish”dagi ishtiroki uchun shuncha yil vaqtini panjara ortida o`tkazadigan bo`ldi.

Taniqli xonanda Jen Eren esa “hamtovoqlari”dan ko`ra ko`proq ozodlikdan mahrum etildi. U endi 6 yilu 3 oylik umrini qamoqda o`tkazadi. Sud vakilining aytishicha, jazo tayinlashda jinoyatchilarning mashhurligi inobatga olinmagan.

“Chunki qonun barcha uchun barobar. Ular belgilangan jazoni o`tashga majburdirlar”, deydi sud vakili.
Bo'lim: Shou biznes yangiliklari/ Шоу-бизнес
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi