BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Lola va Shahzoda hamkorlik boshlashdi.. Birgalikda duet "Qo'lingda Imkon" Batafsil..
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 23.05.2018, 20:02 Ko'rildi: 41 Fikrlar: 0

Ushbu sarlavhani o`qib, hayron bo`layotgandirsiz. “Yolg`on yoki mish-mish” deyishga shoshilmang. Chunki bu haqiqat!Shou-biznesning eng mashhur vakilalari, uzoq yillardan buyon “araz”da bo`lishgan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan. Gap-so`zlarga qaraganda taklifni Lola Yo`ldoshevning o`zi bildirdi.

Hamkorlik qanday deyotgan bo`lsangiz, bunga ham javobimiz bor. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan — “Qo`lingda imkon” nomli duet bolalar uchun haqiqiy sovg`a bo`ladi. Darvoqe, bu hamkorlikda O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev va xonanda Shahriyor ham bor.

G`oya muallifi — Lola Yo`ldoshevaning o`zi. Musiqa Shuhrat Zokirovga tegishli. Klimeyker Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov.

Klipning tasvirga olish jarayoni Toshkent shahri, Samarqand viloyatida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Bunyodkor” stadionida, eski shahar ko`chalari va yurtimizning tog`li hududlarida bo`lib o`tdi.

Yana bir ma`lumot, ushbu klipda Lola Yo`ldoshevaning o`g`li Muhammaddiyor ham ishtirok etadi.
manba : darakchiuz
Bo'lim: Shou biznes yangiliklari/ Шоу-бизнес
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi