BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1055
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq” yangicha shaklda o‘tkaziladi
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 21.06.2018, 21:01 Ko'rildi: 33 Fikrlar: 0
O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili tugashiga bag‘ishlangan tadbirlar 11 yillik ta’limga o‘tilgani munosabati bilan yangicha shaklda o‘tkaziladi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.
Joriy yilda 9-sinfning 475276 nafar o‘quvchi tamomlaydi. Ularning 5 foizi akademik litseylarda o‘qishni davom ettirishga qaror qilgan bo‘lsa, qolganlari 10-sinfga o‘tadi.

Maktablarda an’anaviy “so‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘rniga “Qadrdon maktabimiz bag‘rida o‘qib-o‘rganish, doimo izlanish, yangilikka, taraqqiyot cho‘qqilarini egallashga intilib yashaymiz!” shiori ostida tantanali marosim o‘tkaziladi. Tantanalar 25-may kuni 8:30 dan 10:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Avvallari “Xayr, maktab”, “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilib, birinchi sinf o‘quvchilari qo‘ng‘iroq chalar edi. Bu yil shakl o‘zgaradi, chunki bitiruvchilar yo‘q.

Ayni paytda mamlakatda 9628 ta umumta’lim maktabi va 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2017−2018-yillarda 43 million darslik chop etilib, joylarga yetkazildi. Yakunlanayotgan o‘quv yilida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida ilk bor innovatsion olimpiada o‘tkazildi.
Bo'lim: O`zbekiston Yangiliklari / Новости Узбекистана
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi