BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1058
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 2
Mehmonlar: 2
Foydalanuvchilar: 0
«Menga tushuntirib bering, ayol zotiga qanday er kerak?!»
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 21.07.2018, 16:21 Ko'rildi: 39 Fikrlar: 0
— Ming xijolat bilan bo`lsa-da, ko`nglimni ochishga qaror qildim. Chunki qalbimni kemirayotgan savollarga o`zim javob topolmaydigan ko`rinaman. Sevib, 3 yil davomida sinab uylanganman. 26 yil yashab, oxiri ajrashishga ariza berdim. Vaqtida zo`r yashardik, eganimiz oldimizda, emaganimiz ortimizda bo`lgan. O`zim davlat organida ishlardim, topish-tutishim yaxshi edi. Hech kutilmaganda boshimga kulfat tushdi. Tuhmatga uchrab, 2 yil jazoni o`tash muassasasida bo`ldim. Tavba deyman-ku, ammo umrim davomida qaytar dunyo deganlari rostligiga yana va yana ishonch xosil qilayapman. Menga tuhmat qilganlarning bittasi qamaldi, ikkinchisi avtohalokat sabab olamdan o`tdi. Ayolim esa shu voqeadan so`ng butunlay o`zgardi. Ishonsangiz, uni bir marta ham senlamaganman. Topganimni uyga tashidim. Vaqtida institutga bormayman deganida, majburlab yuborardim. Bitirgach ishga joylab qo`ydim. Mashina minishni o`rgatdim. Jazoni o`tab chiqqanimdan so`ng olti oy ish qidirdim. Tuzukroq joyga borsam, sudlanganimni aytib rad etishardi. Rafiqam esa «Otang yotaveradi. Ishlashni bilmaydi. Pulni pulga urish qo`lidan kelmaydi», deb bolalarimga meni yomonlardi. Nahot, boshiga kulfat tushgan er ayoliga kerak bo`lmay qoladi? Urmadim, so`kmadim, shirin oila qilay, dedim. 53 yoshimda ajrashish oson ekanmi menga ham? Biroq qonuniy va shar`iy xotinim mehr berolmagach, o`zga choram qolmadi. Olti yil yolg`iz yashadim. Axir qaysi ayol jufti haloliga «Ko`chada ayollar ko`p» deydi? Nima sababdan ko`ngli qolganini surishtirsam, «Azaldan oilalarimiz bir-biriga mos emasdi. Men o`ziga to`q xonadonning qiziman. Siz otasiz o`sgansiz. Umuman mening idealimdagi erkak emassiz», deya javob berardi. To`g`ri, 6 yoshimda otam olamdan ko`z yumgan. Rafiqam qarindoshlarimga pastroq nazar bilan qarashi avvallari ham sezrdim. O`zinikilar kelsa, ikki-uch xil taom tayyorlab, mening jigarlarimga oddiyroq ovqat bilan cheklanardi. Ortiqcha janjal chiqmasligi uchun murosa qilardim. Uning ko`ngliga qarayman deb, bo`g`zimgacha qarzga botdim. Oqibatda tez-tez urishadigan bo`ldik. Oxiri o`tgan yili kichik qizim va o`g`limni tashlab chet davlatga ishlagani ketdi. Nima, erkak boshim bilan o`sha qarzni o`z yurtimda to`lab berolmasmidim? Chet elga ketishidan avval uydan chiqib ketdim. Yo o`zimni osaman, yo biror mashinaning tagiga tashlayman-da, biryo`la qutulib qo`yaqolaman, degandim. Etimlikning jabrini tortganim uchun bolalarim qiynalishlarini istamay shaytonga hay berdim. Farzandlarim bilan telefonda gaplashib «Hozir otasi borlardan ko`ra otasi yo`qlar yaxshi yashayapti», deganmish. Otaning qadrini qaerdan ham bilsin. Ishonsangiz, hozirgacha mo`ysafid chollarni ko`rsam yoki biror bolakay «dada» desa, yuragim allanechuk bo`lib ketadi. Shunga oilani saqlashga ko`p urindim. Ayolim esa biror marta «Shu kishi uyimning ustuni-ku, to`g`ri yo`lga boshlay», demadi. Boshqa matonatli ayollar ichuvchi, urong`ich, yuradigan erkaklarni er qilib yashab yurishibdi. Meni esa o`z yorim xor qildi. Ba`zida yonimda yaxshi guldek rafiqam bo`lsa, to`ylarga, bazmlarga, bozorlarga etaklashib borsam, deyman. Endi nima qilishni bilmayapman. Ayollarga o`zi qanday er kerak? Tushuntirib bersangiz... Ismim va manzilimni sir tutsangiz.

Tahririyatdan: — Sizning misolingizda hayoti dunyo insonga sinov uchun berilgan, degan gapga yana bir karra amin bo`layapmiz. Dilingizdagi og`riq bizning-da dilimizga ko`chdi. G`am chekmang. Bir martalik umrni qayg`uga yutqazmaslik kerak. Irodangizni mustahkamlang. Yomon fikrlardan uzoqlashing. Axir erkak kishisiz, g`ayratli bo`ling. Bevafo xotindan kuygan birgina siz emasligingizni anglab etishingizni istardik. Yo`q, siz o`ylgandek ayollarning hammasi ham boshiga kulfat tushgan erni begonaga chiqarmaydi. Aksincha, ayol zoti tabiatan mehribon, bolalarining otasini qadrlaydigan, o`tgan yaxshi kunlar hurmatidan erini kechirib yashashga qodir xalq. Tushkun kayfiyatdan xalos bo`ling. Sizga mustahkam sog`lik va ko`ngil xotirjamligini tilab qolamiz.

Ruhshunos: — So`zlaringizdan ayollardan qattiq ko`nglingiz qolganligi ko`rinib turibdi. Nazarimda, birinchi navbatda dildagi alamzadalikdan xalos bo`lishingiz darkor. Qolaversa, «Sobiq xotinimga ko`rsatib qo`yaman. Undan yosh va chiroylisiga uylanib olaman», deb achchiq ustida qaror qabul qilishdan ehtiyot bo`lishni tavsiya qilamiz. Agar shoshqaloqlik qilsangiz, bir emas, uch insonning baxtsizligig beixtiyor sababchi bo`lib qolishingiz mumkin. Uylanmang, oila qurmang, demayapmiz. Faqat bu qarorni alam bilan emas, aql bilan qabul qilishingiz tarafdorimiz. Eski munosabatni yakunlab, ko`ngilni xotirjam qilmasdan yangisini boshlashga shoshilmaslik lozim.
Bo'lim: Oyila Tilsimi, Oyiladagi muammolarga yechim va maslaxatlar
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi