BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Narimon Sultonxo`jaev nega qo`shiq kuylash haqida o`ylab qoldi?
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 23.05.2018, 20:03 Ko'rildi: 20 Fikrlar: 0
Sal avval klipmeyker Narimon Sultonxo`jaev, xonanda Jasur Umirovga bergan savollari va javoblarni taqdim etgan edik. Navbat xonandaning klipmeykerga savollari va javoblarga.

- Klip suratga olishingizda siz uchun nima muhim: gonorar, sifat yoki qo`shiq?

- Klip suratga olishda yuqoridagi har bir omilning o`z o`rni bor. Ular bir-biri bilan uzviy bog`liq. Lekin birinchi navbatda qo`shiqni eshitib, undan ilhomlanishim shart. Shunda so`zidan, musiqasidan, tasvirga olmoqchi bo`lgan tasvir ko`z oldimga keladi. Bu orqali sifat belgilanadi. Sifatli klipni esa etarlicha mablag` bilan suratga olish lozim.

- Kliplaringizda o`zingiz rol ijro etishingizga o`rganib qoldik. Bu xonanda istagimi yoki sizning talabingiz?

- Asosan xonandalarning taklifi bilan rol ijro etaman. Bundan tashqari o`zim o`ylab topgan obrazni faqat o`zim ko`ngildagidek ijro etishim mumkin.

- Klip suratga olish siz uchun — xobbimi yoki kasb?

- Bu kasbni juda yaxshi ko`raman. Unga xobbi sifatida qaray olmayman.

- Agar sizdan yangi qo`shig`imga tekinga klip suratga olib bering desam...

- Bu gapni aytishga uyalmaysizmi-a? (kuladi) Xonandalarga tushunmayman, ko`ngili tusagan narsalarda tejamkorlikni bilishmaydi. Ammo klip suratga olishga kelganda iloji boricha, pul ishlatmaslikka harakat qilishadi... Bu savolga aniq javob olish uchun birinchi savolga bergan javobimga qarang.

- Agar yaxshi, tajribali prodyuser taklif bildirsa, xonandalikda o`zingizni sinab ko`rasizmi?

- Kutilmagan savol bo`ldi-ku... Qo`shiq kuylash haqida o`ylab ko`rmagan ekanman. Qiziq, mendan qanday xonanda chiqar ekan-a? To`g`risi, bu savolga aniq javob berolmayman.
manaba : darakchi.uz
Bo'lim: Shou biznes yangiliklari/ Шоу-бизнес
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi