BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1075
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Qochish kerak bo‘lgan 7 ta odam! Ularni eslab qoling!
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 14.12.2018, 23:17 Ko'rildi: 191 Fikrlar: 0
1. Ustingizda hukmronlik qiluvchilar. Bu odamlar hukmini o‘tkazish sohasida mutaxassislar. Hukmronlik qilishni yaxshi ko‘radigan odamlar sizni nozik joylaringizni bilishadi va o‘zlariga kerak bo‘lgan vaqtda o‘sha joyga teginadilar.

Xavfliligi: Bu odamlar bilan bo‘layotgan suhbat o‘zingizga bo‘lgan ishonchingizni pasaytirishi mumkin. Ular siz qilishni istamayotgan ishlarni qilishingizga majburlab — shaxsiyatingizga tegishi mumkin. Siz u odamlarning qoidalari bo‘yicha yashay boshlashingiz mumkin.

2. Dimog‘dorlar. Bunday odamlar dunyo ularning barmoqlari atrofida aylanishiga o‘rganib qolganlar. Ular hukmini o‘tkazuvchilarga o‘xshab ayyor emas ammo odamlarni ishlatishni istashadi.

Xavfliligi: Ular o‘zlari va o‘zlarining istaklariga yo‘nalganlar. Sizning xohishlaringizning ularga qizig‘i yo‘q. Ular sizni ishlatishadi — va buni normal holat deb bilishadi, hamma ular uchun jon kuydirishi kerak deb o‘ylashadi.

3. Umidsiz odamlar. Ular hayotida bor narsalarni qadrlashmaydi. Agar siz ularga “Bugun quyoshli kun!“ desangiz, ertaga havo sovuq va yomg‘irli bo‘lishi kutilayotganini aytishadi.

Xavfliligi: Bu odamlar atrofdagilarning xursandchiligini yo‘qqa chiqarishadi. Ular hayotga umidsizlik bilan boqishadi — buni boshqalarga ham yuqtirishlari mumkin. Bu odamlar bilan suhbatlashgandan so‘ng o‘zingiz ham barcha narsani yomon tomonini o‘ylay boshlaysiz.

4. Tanqidchilar. Sizga nimadir chiroyli ko‘rinsa ular buning teskarisini ko‘rishadi. Kimnidir qobiliyatli deb hisoblasangiz, ular uni ahmoq deb hisoblaydi. Ular doim kim bilandir bahslashishi kerak, kim ularning gapiga qo‘shilmasa ahmoq deb hisoblashadi.

Xavfliligi: Ular dunyoni o‘zlariga moslashtirishga harakat qilishadi — buni atrofdagilardan boshlashadi. Bu odamlar hammani o‘z fikri borligi va hayot shu bilan qiziqligini tushunishmaydi. Ular to‘xtovsiz bahslardan olingan salbiy hissiyotlar bilan oziqlanishadi.

5. Orzu kushandalari. Qachondir sizda orzu paydo bo‘lib qolsa ular sizga buni amalga oshirish mumkin emasligini aytishadi. Siz nimagadir erishmoqchi bo‘lsangiz ular sizni pastga tortishadi. Siz orzu qilsangiz ular sizga birinchi bo‘lib bu orzu ushalmasligini aytishadi.

Xavfliligi: Ular o‘zingizga bo‘lgan hurmat va ishonchingizni so‘ndirishadi.

6. Ikkiyuzlamachilar. Bu odamlarning samimiy emasligi bilinib turadi. Siz o‘zingiz uchun kulgili tuyilgan voqeani aytsangiz ular mayin kulib qo‘yishadi, ammo ularga kulgili emasligi ko‘rinib turadi. Ko‘zingizga qarab sizni sevishini aytishadi, ortingizdan qanday ahmoq va yoqimsiz insonligingizni gapirishadi.

Xavfliligi: Bu odamlar bilan bo‘ladigan munosabat nosamimiy va yuzaki. Siz ularning yordamiga muhtoj bo‘lsangiz — ularni yoningizda ko‘rmaysiz. Ularning sizga bo‘lgan iliq munosabati — yuzaki.

7. Qo‘pol odamlar. Ular hech narsadan qaytmaydi. Bunday odamlar uchun ko‘pincha uyatga qolishingiz mumkin.

Xavfliligi: Bunday odamlar hech qanday chegarani bilishmaydi. Ular boshqa odamlarning hislariga e’tibor qilishmaydi va sizni haqoratlashlari mumkin.

Agar sizda ular bilan gaplashmaslik imkoni bo‘lsa, u imkonni ishlating. Bunday odamlarga kuch va vaqtingizni ketkazishingiz uchun hayot qisqa.
Bo'lim: Qiziqarli ma'lumotlar / Интересные
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi