BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Qoraqolpog`istonlik fuqaro Beruniydan Samarqandgacha piyoda keldi
Reyting:
Qo'shdi: Shahzoda Sana: 23.05.2018, 20:07 Ko'rildi: 19 Fikrlar: 0

Ravshan Yaxshimurodov roppa-rosa 1 oy oldin Islom Karimov xotirasi uchun 1200 km yo`lni bosib o`tish istagi borligi haqida xabar qilgan edi.Va`daga binoan 42 yoshli kompyuter ustasi Ravshan Yaxshimurodov o`zi yashab turgan joydan Samarqandgacha marafon uyushtirdi. 2018 yilning 30 aprel kuni yo`lga chiqqan sayyoh, bugun Samarqandga etib keldi. Erta tongda Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi.

— Birinchi Prezidentimizga hurmatim juda baland, uning xotirasiga hurmatimni izhor etishni xohladim. O`zim Beruniy tumanidagi Qishloq xo`jalik kasb-hunar kollejida texnik xodim bo`lib ishlayman. Mustaqilligimizning asoschisi Islom Karimovning barcha asarlarini o`qib chiqqanman. Endi Toshkentga borib, yurtboshimiz tahsil olgan ikkita oliy dargohga boraman, - deydi Ravshan Yaxshimurodov.

Ravshan Yaxshimurodov kuniga 72-75 km yo`l yurgan. O`zi bilan olib yurgan palatkani ochib, duch kelgan joyda tunab qolgan. Xorazm va Buxoro cho`llarini piyoda bosib o`tdi. Samarqandgacha 3 ta oyoq kiyimi yirtilgan.

Endilikda Ravshan Yaxshimurodov yo`l-yo`lakay ko`rgan-kechirganlarini, safar taasurotlarini kitob qilib yozishni niyat qilayapti.

Piyoda yurgan sayyoh Jizzaxga yo`l oldi. Poytaxtda esa sayohati yakunlanadi.
Bo'lim: Qiziqarli ma'lumotlar / Интересные
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi