BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 4
Mehmonlar: 4
Foydalanuvchilar: 0
Rayhon, Hulkar Abdullaeva, "Ummon" va "Via Marokand" guruhlarining ijodi tanqid ostiga olindi..
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 23.05.2018, 20:01 Ko'rildi: 22 Fikrlar: 0

«O`zbekkonsert» davlat muassasasi qoshida qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash Badiiy kengashining navbatdagi yig`ilishi joriy yilning 8 may kuni bo`lib o`tdi. Kengashda 10 ta xonanda tomonidan 12 ta qo`shiq va ularga ishlangan videokliplar ko`rib chiqildi.

Xonanda Farhod Saidov tomonidan ijro etilgan «Ko`zlaring» deb nomlangan qo`shiq muhokama etilib, ijro yaxshiligi bois videoklip suratga olish uchun tavsiya berildi.

Qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholashda Rayhon, Hulkar Abdullaeva, "Ummon", “Via Marokand” kabi mashhur xonanda va guruhlar ijodi tanqid ostiga olindi.

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayxon G`anieva tomonidan “Yurak” Hamdam Sobirov so`zi, Jasur Badalboev musiqasiga olingan klipida qo`shiq so`zlari mantiqan mukammal emasligi hamda, klipda ayrim kadrlardan nojoiz foydalanganligi uchun Kengash tomonidan qayta ishlash tavsiya etildi.

“Nihol” mukofoti sovrindori Hulkar Abdullaeva tomonidan “Dard” deb nomlangan qo`shiqning so`zlari va ijrosi yaxshiligi alohida ta`kidlanib, lekin qo`shiqqa ishlangan klipdagi kadrlardan nojoiz foydlanganligi bois, ushbu klipni qayta to`g`rilash tavsiya etildi.

“Via Marokand” guruhi tomonidan kuylangan so`zi va musiqasi Jasur Badalboevga mansub “Turist” qo`shiqning matni sayoz, mantiq va she`riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so`zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkin. Qo`shiq so`zlarida "Ram pa papam tara tira tira tam" so`zlari she`riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo`shiq so`zlarini shoirlar bilan qayta to`g`rilab, qayta topshirish mumkinligi tavsiya etildi.

Bu qo`shiqni tinglab muhokama qilib bo`lgach, bugungi kunda tinim bilmay ijod qilayotgan “Ummon” guruhining “Oq gulim” deb nomlangan qo`shig`i so`zi va musiqasi guruhga mansub bo`lgan qo`shiq tinglandi, bu qo`shiq ham so`zlarining mazmunsizligi hamda klipdagi kadridagi “alkogolli ichimliklar, yotoqxona sahnasini olib tashlash” tavsiya etilib, ushbu holatda efirlarga uzatish rad etildi. Muassasa mas`ullariga "Ummon" guruhi xonandalarini keyingi kengashga taklif etish vazifasi topshirildi.
Bo'lim: Shou biznes yangiliklari/ Шоу-бизнес
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi