BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1053
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 3
Mehmonlar: 3
Foydalanuvchilar: 0
Ro‘zaning 15 ta fazilatini bilasizmi?
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 23.05.2018, 20:05 Ko'rildi: 19 Fikrlar: 0
Buyuk Alloh ro‘zani har bir musulmonga farz qilib berdi va ro‘za O‘zi uchun ekanligini aytdi. Musulmonlar Allohning roziligiga erishishning ushbu imkoniyatini hech qachon qo‘ldan chiqarmasliklari darkor.

Ro‘zada - Allohning rahmati va mag‘firati bor bo‘lib, unda musulmon uchun ko‘plab foyda va manfaatlar borki, ular xaqida hadislarda ham bayon qilingan:

1. “Dunyodagi har bir narsaning zakoti bor va badanning zakoti ro‘zadir”.

2.“Ochlik va chanqoqni Alloh uchun boshdan kechiradigan musulmonlar naqadar baxtlidirlar. Bunday kishilarning martabalari qiyomat kunida ulug‘ bo‘ladi”.

3.“Agar Allohning quli ramazon oyida naqadar ko‘p rahmatlar yashirin ekanligini bilganida edi, bu oyni butun yilga cho‘zilishini so‘ragan bo‘lar edi”.

4.“Agar banda yolg‘on so‘z va amaldan to‘xtamasa, uning emak va ichmakdan cheklanishi Alloh uchun kerak bo‘lmaydi”.

5. Kimki ro‘zadorni taomlantirsa, u ro‘zador darajasidagi savobga erishadi. Ro‘zadorning savobi esa kamayib qolmaydi”.

6.“Alloh taolo marhamat qiladi: mening bandalarim ichida eng sevimlilari ro‘za uchun shoshiladiganlaridir”.

7.“Ro‘za - qalqondir. Agar sizlardan biringiz ro‘za tutsa, yomon so‘z aytmasin, shovqin solmasin. Agar uni xaqorat qilishsa yoki urishsa, “Men ro‘zadorman” deb aytsin”. 8.“Jannatning “Ar-Rayyon” nomli darvozasi bo‘lib, ulardan faqatgina ro‘zadorlar kiradi. Qiyomat kuni “Ro‘zadorlar qani?” deb so‘raladi, shunda ular o‘rinlaridan turadilar va ushbu darvozalardan jannatga kiradilar. Ular kirib bo‘lgach, darvozalar yopiladi va boshqa hech kim kiritilmaydi”.

9.“Kimki ramazonda mukofot niyatida e’tiqod va umid bilan ro‘za tutgan bo‘lsa, uning avvalgi sodir etilgan gunoxlari kechiriladi”.

10.“Ramazon paytida Alloh olovdan qutulib qoluvchi bandalarini tanlaydi”.

11.“Kimki Alloh uchun bir kun ro‘za tutsa, Alloh uni etmish yillik masofadagi do‘zax olovidan omonda saqlaydi”.

12.“Agar tong yorishguncha banda ro‘za tutishga niyat qilmasa, uning tutgan ro‘zasi qabul bo‘lmaydi”.

13.“Kimki Alloh rahmatidan umidvor bo‘lib bir kun bo‘lsa ham ro‘za tutsa, bu kun umrining oxirgi kuni bo‘lsa ham, u jannatga kiradi”.

14.“Ro‘za qalqondir va kimki ro‘zador bo‘lsa noma’qul ishlardan cheklansin va shovqin solmasin. Agar kimdir u bilan urushmoqchi bo‘lsa yoki uni xaqorat qilsa, bas u ikki marta “Men - ro‘zadorman” desin”.

15.“Muhammad sollallohu alayhi vasallamning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, Alloh uchun ro‘zadorning og‘zidan kelayotgan hid mushkning hididan ko‘ra yoqimliroqdir va ro‘zador esa ikki holatda hursandchilikni his qiladi: iftor paytida hursand bo‘ladi va Holiqi bilan ko‘rishganda ro‘za tutgani uchun bergan ajrini ko‘rganida hursand bo‘ladi”.

Manba: islom.uz
Bo'lim: Islom dunyosi.. Juma Kunining sirlari Ramazon va Ramazon oyi haqida
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi