BO'LIMLAR
Bizning saytimizda kim bilan Intervyu bo'lishini xoxlaysiz?
Всего ответов: 1064
Mini chat
мини-чат от csomsk.ru
200

BIZ BILAN ALOQA
Admin: Farruh (Farab)
Tel: +998 (93)5788083
Pochta: www.dj.farruh.uz@mail.ru
Odnoklassniki profil
SAYTDA KIM BOR?
Barcha Online: 6
Mehmonlar: 6
Foydalanuvchilar: 0
Uchratdim
Reyting:
Qo'shdi: farab Sana: 21.08.2018, 23:15 Ko'rildi: 47 Fikrlar: 0
Do'st tutinib, sirimni bilib,
Va ag'yorga nimcha ilinib,
Bu kun bori qoldi bilinib,
Xiylagarni xayron uchratdim,

Eri turib, yigitga so'zlab,
Xotin turib, juvonni ko'zlab,
Ikki yo'lda sargardon bo'zlab,
Sarson yurgan orni uchratdim,

Tildan tushmay Ollohni nomi,
Go'yo to'kis qalbda iymoni,
Bir chaqaga qimmat vijdoni,
Qasam yutgan jonni uchratdim,

Bo'yalgan lab, o'stirilgan soch,
Kiprik uzun, ko'zlar esa och,
Suratlarga tushib yalang'och,
Xirsni kutgan xorni uchratdim,

Shoirman deb elga jar solib,
O'zicha zo'r, o'zicha g'olib,
Yozganiga yo'q erur qolip,
Mag'rur yurgan molni uchratdim,

Internetga tun-u kun boqib,
Xar lichkaga bitta sim qoqib,
Qolarman deb biriga yoqib,
Xayoldagi hayron uchratdim,

Xar bir so'zni egriga burgan,
Tong otguncha suhbatlar qurgan,
Shippak kabi alishib yurgan,
Qadri arzon yorni uchratdim,

Muhabbatni qilgancha ermak,
Yonmoqda deb yolg'ondan yurak,
Yigit emas go'yo xezalak,
Er yigitni ermak uchratdim,

Yolg'onlarni suv kabi ichgan,
Xiyla to'nin tilida pichgan,
Ikki dunyo qasamin ichgan,
Vijdonsizni yoron uchratdim,

Ko'rganlarim xaqiqat bari,
Ketayabmiz qiyomat sari,
Hid taratmay mushti anbari,
Atirgul deb tikon uchratdim,

Dilshod deydi: qiynab firog'i,
Bu ishlarning bordir so'rog'i,
Yozdi bir she'r, shu oqshom chog'i,
Qalam to'kkan qonni uchratdim!

Ko'ngil xaqiqati. Muallif : Dilshod Nur!
Bo'lim: Sheriyat shaydolari @ijodkor_net guruppamiz ijodkorlari
Fikrlar / izohlar
Barcha izohlar: 0
Xato!
Hurmatli mehmon, izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting.
Copyright © 2018 ShouMp3.NeT 2018 Barcha huquqlar himoyalangan.
uzbek.mobi